Anemadoks (Uzb)

( 2 baho )
Sotuvda mavjud Chakana
44 500 so'm / dona
Buyurtma berish
  • Tavsif
  • To'lov shartlari

PREPARAT  QO'LLASH  BO'YICHA  YO'RIQNOMA

Tarkibi va chiqarilish shakli

Tabiiy hom ashiyodan tayyorlangan nastoyka 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda.

(1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram (2) Dozator-qoshiq (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Ot otquloq (Rumex confertus Willd), Na'matak (Rosa canina ), Qizil miya (Glycyrrhiza glabra L.), Kiyik o'ti (Thymus), Andiz (Inula helenium L.), Moychechak (Matricaria chamomilla L.), Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).

Ta'siri

Temir moddasi va muhim aminokislotalar manbai;

Organizmda temir moddasi defitsitining oldini oladi;

Depressiya, charchoq, bosh aylanishlarida yordam beradi;

Organizmning himoya kuchlarini oshiradi.

Qo'llanilishi

Turli darajali temir tanqisligi holatlari;

Homiladorlik va laktatsiya davri;

Jismoniy va aqliy rivojlanishning kechikishning kechikishi holatlari;

Tez-tez beradigan O'RVI va O'RK (kompleks terapiya tarkibida);

Sport bilan shug'ullanish;

Donorlik.

Qo'llash usuli va dozalari

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste'mol qilishdan avval chayqatilsin.

3-16 yoshgacha bo'lgan bolalarda 2,5-5ml dan kuniga 3 mahal, ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

Davolash kursini davomiyligi 30 kun.

Zarurat tug'ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(1 haftadan so'ng.)

 

Nojo'ya ta'siri

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me'yoridan ortiq ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o'zora ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari

Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +25ºC gacha haroratda saqlanishi kerak.

Saqlanish muddati - 24 oy.