GINGINORM

( 3 baho )
Sotuvda mavjud Chakana
43 000 so'm / dona
Buyurtma berish
  • Tavsif
  • To'lov shartlari

GINGINORM PREPARATINI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

Tarkibi va chiqarilish shakli

Dorivor o'simliklardan tayyorlangan nastoyka 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram (2) Dozator-qoshiq (3) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Baland bo'yli andiz (Inula helenium), Limon o't (Melissa officinalis.), Qalampir yalpiz (Mentha rirerita), Moychechak (Matricaria chamomilla), Timyan (Thymus), Mavrak (Salvia officinalis) Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).

Ta'siri

Ginginorm - o'simlik tarkibli vosita. Antibakterial, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Og'iz bo'shlig'ida yoqimsiz hidlarni yoqotadi. Immunitetni mustahkamlovchi ta'sir ko'rsatadi.

Qo'llanilishi

Stomatit

Glossit

Faringit

Paradantoz

Rinit

Gingivit

Galitos

(Kompleks terapiya tarkibida)

Qo'llash usuli va dozalari

Yakka tarzda belgilanadi,iste'mol qilishdan va og'iz chayishdan avval chayqatilsin. 1:3 nisbatda suv aralashtirilsin.

6 yoshgacha og'iz chayqatish va ichish uchun 1,25- 2,5 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 15-20 daqiqa oldin,

6-12 yoshda og'iz chayqatish va ichish uchun 2,5-5ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 15-20 daqiqa oldin.

12-16 yoshda og'iz chayqatish va ichish uchun 5 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 15-20 daqiqa oldin.

Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 15-20 daqiqa oldin.

Davolash kursini davomiyligi 7-10 kun.Zarurat tug'ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(l haftadan so'ng.)

 Nojo'ya ta'siri

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

 Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari

Preparat bolalar qo'li etmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +25°C gacha haroratda saqlanishi kerak. Saqlanish muddati-24 oy.

ManzikToshkent vil., Toshkent tum., Guliston QFY, GSKB ko'chasi, 15 uy Телефон: (+998 95) 196 30 06

E-mail: maxlinepharm@mail.ruwww.maxlinepharm.uz