Sanamin 100ml

( 0 baho )
Sotuvda mavjud Chakana
33 000 so'm / dona
Buyurtma berish
  • Tavsif
  • To'lov shartlari

SANAMIN PREPARATINI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

Tarkibi va chiqarilish shakli

Tabiiy hom ashyodan tayyorlangan nastoyka 100ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram (2) Dozator-qoshiq (3) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Dorivor Kalendula (Calendula L.),Namatak(Rosa Canina), Qizilmiya (Glycyrrhiza L.), Sabir (Aloe arborescens L.), Balandbo'yliandiz (Inula helenium L.), Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti.

Ta'siri

-           Balg'am ko'chiruvchi, mukolitik, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi;

-           Balg'amning yopishqoqligini kamaytiradi;

-           Nafas olishni engillashtiradi;

-           Yo'talni kamaytiradi;

-           O'pkadagi va ovozning xirillashini kamaytirishga yordam beradi.

Qo'llanilishi

-           Nafas yo'llarining balg'am ko'chishi qiyinlashuvi bilan kechuvchi kasalliklar (traxeit, bronxit, traxeobronxit, faringit). (Kompleks terapiya tarkibida)

Qo'llash usuli va dozalari

Yakka tarzda belgilanadi.

Iste'mol qilishdan avval chayqatilsin.

6 yoshgacha 1,25-2,5ml dan kuniga 3mahal, ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

6-12 yoshgacha2,5-5ml dan kuniga 3 mahal, ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

Davolash kursini davomiyligi 14 kun.

Zarurat tug'ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(1 haftadan so'ng.)

Nojo'ya ta'siri

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari

Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +25ºC gacha haroratda saqlanishi kerak.

Saqlanish muddati 24 oy.

Manzil:Toshkent vil., Toshkent  tum., Guliston QFY, GSKB ko'chasi, 15 uy

Telefon: (+998 95) 196 30 06

E-mail: maxlinepharm@mail.ru

www.maxlinepharm.uz